Biz haqimizda
Hamkorlik
Yuridik shaxslar uchun
Yetkazib berish
Doʻkonlar
Biz bilan bogʻlaning!

Mahsulotlarni qaytarish tartibi va shartlari

Xaridorlar tomonidan sotib olingan tovarlarni qaytarish xarid qilingan kundan boshlab 10 kun ichida amalga oshiriladi.

Xaridor mahsulotni qaytarishda quyidagi harakatni amalga oshirish kerak:

• Telefon orqali koll markaz bilan bogʻlanib, toʻliq ism-familiya, shartnoma raqami va sanasini, shuningdek mahsulotlarni qaytarish sababini xabar qilish;

• Soʻrov boʻyicha mahsulot holatining fotosuratini yuborish;

• Mahsulotni yaqinida joylashgan “MEDIAPARK” doʻkoniga qaytarish;

• Mahsulotni do’konga etkazish xaridor xisobidan amalga oshiriladi;

• Mahsulotni qaytarish: mahsulotni foydalanilmagan, shikastlanmagan, qadoqi soz holda bo’lgan, uning iste’mol xususiyatlari saqlanib qolgan holda amalga oshiriladi;

• Sifati soz mahsulot qaytarilganda, mijoz do'kon xodimlariga tovarni to'liq va qadoqlangan holda, shuningdek, tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kassa chekini taqdim etishi kerak;

• Mahsulot tekshirilgandan so'ng, pul qaytariladi.

Sifati soz holdagi tovarni qaytarish:

“Sifati soz mahsulot” qaytarilgan taqdirda, xaridor do‘kon xodimlariga mahsulotni to‘liq qadoqlangan holda hamda tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kassa chekini taqdim etishi shart. Sifati soz mahsulotni qaytarish faqat tovar sotib olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi, do'kon xodimlari xaridorga to'langan pul miqdorini qaytaradilar.

Sifatsiz mahsulotni qaytarish:

Sifatsiz mahsulot deganda, muhim nuqsonlar tufayli o'zining funktsional sifatlarini ta'minlay olmaydigan mahsulot tushuniladi.

Nuqsonli mahsulot sotib olgan xaridor, sotib olingan kundan boshlab 10 kun ichida o'z xohishiga ko'ra quyidagi talablardan birini talab qilishga haqli:

• Mahsulot nuqsonlarini bepul bartaraf etish;

• Aynan shu modeldagi boshqa mahsulotga almashtirish, agar shu model mavjud bo'lmasa, sotib olish narxini mos ravishda qayta hisoblangan holda boshqa markadagi mahsulotga almashtirish;

Agar sotuvchi aniqlangan jiddiy nuqson tovardan noto'g'ri foydalanish natijasi deb hisoblasa, tovarni almashtirish yoki qaytarishni rad etishga haqli.

Sifat yoki nuqsonlarning kelib chiqish sabablari bo'yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, kompaniya o'z mablag'lari hisobidan mustaqil ekspertiza o'tkazishga haqli. Xaridor ekspertizada ishtirok etishi va sudda e'tiroz bildirishi mumkin.

Kafolat taloni bo'lgan tovarlar, ishlab chiqaruvchining xizmat ko'rsatish markazi dalolatnomasi asosida qaytariladi. Qaytish va kafolatlangan xizmat ko'rsatish xizmatlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.

© Barcha huquqlar himoyalangan.